1

O`zbekistonda yoz kam bulutli va quruq ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Jamiyat 29.05.2023, 12:28
O`zbekistonda yoz kam bulutli va quruq ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Boshlangan hafta davomida O`zbekiston hududlari bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda “O`zgidromet” xabar berdi.

Xabarga ko`ra, faqat respublikaning ayrim tog`li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Harorat kechalari +15...+20 daraja atrofida bo`ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat +32...+37 darajadan oxiriga borib esa +35...+37 darajagacha asta-sekin ko`tariladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo`ladi, shamol sharqiy yo`nalishda esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi +32...+34 daraja bo`ladi, hafta oxiriga borib +36...+37 darajagacha ko`tariladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1