Buxorodagi masjid hududida tahoratxona qurish uchun daraxtlar kesib tashlandi

Jamiyat 29.05.2023, 12:49
Buxorodagi masjid hududida tahoratxona qurish uchun daraxtlar kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi qurilishi boshlanayotgan maydonda bir qancha daraxtlarning kesilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati ma`lumotlarni ochiqladi. 

Ma`lum qilinishicha, Buxoro shahridagi “Pridastgir” jome masjidi hududida tahoratxona qurilishi ishlari olib borilayotganligi tufayli daraxtlar kesilgan. Bunda qurilish ostiga tushgan er maydonidan 8 dona mevali hamda 1 dona manzarali daraxtlar o`zboshimchalik bilan kesilganligi aniqlangan. Oqibatda tabiatga etkazilgan zarar 8,5 mln so`m hisoblangan.

Ushbu holat yuzasidan masjidning mas`ul xodimiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risaidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so`m jarima solingan

Shuningdek, kesilgan daraxtlar o`rniga iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko`chatlarini ekish va parvarish qilish bo`yicha masjid bosh imomiga majburiyat yuklangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1