1

Toshkent viloyatidagi maktabda o`quvchilar darsga kiritilmasdan, majburiy tadbirga jalb qilindi

Jamiyat 29.05.2023, 13:18
Toshkent viloyatidagi maktabda o`quvchilar darsga kiritilmasdan, majburiy tadbirga jalb qilindi

Joriy yilning 8 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 17-sonli umumta`lim maktabi o`quvchilari soat 9:30da darsga kiritilmasdan, majburiy tarzda tadbirga jalb etilgani xaqida tanqidiy xabar tarqalgan. Toshkent viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi shu kunning o`zida o`rganish olib borgan va quyidagilarni aniqlagan. Haqiqiatdan ham maktabning 1-seminada o`qiydigan 435 nafar o`quvchilari ishtirokida “9-may Xotira va qadrlar kuni” munosabati bilan maktabning ma`naviy ma`rifiy-ishlar hamda o`quv ishlari bo`yicha  direktor o`rinbosarlari  tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi Transformator zavodi hududidagi yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirilgan.

O`quvchilar harakati davomida serqatnov ko`chada tirbandlik yuzaga kelgan. Vaziyatdan xabardor bo`lgan shahar Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi rahbariyati shu vaqtning o`zida o`quvchilarni darsga qaytargan.

O`quvchilarni maxsus ruxsatsiz dars vaqtida tadbirga jalb qilgan maktab ma`muriyatiga shahar Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi tomonidan intizomiy chora ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1