1

76-Kann kinofestivalining g`oliblari aniqlandi

Madaniyat 29.05.2023, 19:25
76-Kann kinofestivalining g`oliblari aniqlandi

76-Kann kinofestivali yakunlandi. “Oltin palma shoxi”ni Jastin Triening “Qulash traektoriyasi” dramasi qo`lga kiritdi.

Trie Kann tarixida Jeyn Kempion ("Piano") va Juli Dyukurnodan ("Titan") keyin festivalning bosh mukofotiga sazovor bo`lgan uchinchi ayol bo`ldi.

“Qulash traektoriya” syujeti jardan qulagan erini o`ldirishda ayblanayotgan yozuvchi Sandra (Sandra Xyuller) haqida hikoya qiladi.

Rejissor Ruben Östlund boshchiligidagi hakamlar hay`ati, shuningdek, "Manfaatlar hududi", "To`kilgan barglar", "Monster", "Qovjiragan o`tlar haqida" va "Go`zal kunlar" kabi filmlarni ham taqdirladi. 

G`oliblar ro`yxati:

Bosh sovrin "Oltin palma yaprog`i": "Qulash traektoriyasi", Justine Trie

Gran-pri: Jonatan Gleyzerning "Manfaatlar hududi" filmi
Eng yaxshi rejissyor: Chan An xun (“Doden Buffans”)

Hakamlar hay`ati mukofoti: Aki Kaurismaki, "To`kilgan barglar" filmi

Eng yaxshi ssenariy: Yuudji Sakamoto (Xirokazu Koreedaning "Yovvoyi") filmi

Eng yaxshi ayol roli: Merve Dizdar (Nuri Belge Jeylanning "Qovjiragan o`tlar haqida" filmi)

Eng yaxshi erkak aktyor: Koji Yakusho (Vim Vendersning "Go`zal kunlar" filmi)

Qisqa metrajli film uchun "Oltin palma yaprog`i" : "27" filmi, rejissyor Flora Buda

Eng yaxshi debyut uchun "Oltin kamera": "Sariq pilla qobig`ining ichida" filmi uchun, Pham Tien Ana‌‌.

Eslatib o`tamiz, mazkur festivalda O`zbekiston o`z milliy pavilioni bilan qatnashdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1