Qadimiy o`zbek tangalarida nima tasvirlangan?

Madaniyat 29.05.2023, 22:36
Qadimiy o`zbek tangalarida nima tasvirlangan?

Tarixchi olima A.Musakaevaning  ta`kidlashicha,  Buxoroda  milodiy III-IV  asrlarda mis tangalar muomalada bo`lgan.

Bu tangalarning old tomonida  tuya  suratlari tasvirlangan.  Orqa tomonida esa  olov  mehrobi o`z aksini topgan. Umuman  Buxoro tangalarida 300 yil davomida tuya tasvirli tangalar  ustunlik qilgan. 

Shuningdek, Choch va Varaxshadan topilgan tangalarda ham qurbongoh va tuya tasvirlari ko`p uchraydi.

Arxeologlar V.A.Shishkin va L.I. Rempelning  qayd etishicha, tuyani tangalarda tavsirlash aslida Avestodagi rivoyatlardan  meros qolgan. 

Manba: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidagi “Davlat ermitaj to`plami”  (XIII tom) va “Samarqand davlat muzey-qo`riqxonasi to`plami” (XVIII tom).

Loyiha bosh homiysi "Eriell Group" neft xizmatlari kompaniyasi.          

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1