AsosiySport

Samarqandda bir qator xalqaro triatlon musobaqalari bo`lib o`tadi

'Samarqandda bir qator xalqaro triatlon musobaqalari bo`lib o`tadi'ning rasmi

2023 yil 9-10-11 iyun kunlari Samarqand shahrida bir qator xalqaro triatlon musobaqalari bo`lib o`tadi.

9 iyun kuni O`zbekiston tarixida ilk bor “Para-triatlon bo`yicha Samarqand – 2023 Osiyo chempionati” bo`lib o`tadi. Dunyo davlatlaridan 80 ta para-sportchi ishtiroki rejalashtirilgan, qatnashchilar 9 ta toifada qatnashadi: jismoniy nuqsonlari va ko`rish qobiliyati buzilgan sportchilar. Para-sportchilar SPRINT masofasida (750 m suzish, 20 km velosipedda harakatlanish, 5 km yugurish) buyicha o`zaro raqobatlashadi.

10 iyun kuni ”Samarqand – 2023 Osiyo triatlon Kubogi” bo`lib o`tadi, dunyoning eng yaxshi sportchilari: 50 nafar ayol va 50 nafar erkak ishtirok etadi. Elita sportchilari STANDART/Olimpiya masofasida (1500 metrga suzish, 40 km velosipedda haratkanish, 10 km yugurish) buyicha bellashadi.

 Shu kuni Osiyo Kubogi doirasida Markaziy Osiyo sportchilari o`rtasida (CATA – Central Asia triatlon Association) alohida musobaqa va taqdirlash ma`rosimi bo`lib o`tadi.

11 iyun kuni ”Samarqand – 2023, triatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati“ bo`lib o`tadi, unda STANDART va SUPER SPRINT masofalarida Elite, U23, 15-17 yoshlar va 16-19 yoshli o`smirlar o`rtasida triatlon bo`yicha milliy va yoshlar terma jamoasiga saralash o`tkaziladi.

Shuningdek, shu kuni shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda professionallar toifasiga kirmagan, 300 nafar havaskor triatlonchilar ishtirok etadi. Ushbu musobaka ikki masofada o`tkaziladi: Olimpiya (1500m suzish, 40 km velosipedda harakatlanish, 10 km yugurish) va Super-sprint (350 m suzish, 13 km velosipedda harakatlanish, 3 km yugurish).

Musobaqa Samarqand eshkak eshish kanali hududida, Ipak yo`li Samarqand sayyohlik majmuasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar