Qashqadaryoda maktab o`quvchilar 9 yoshli bolani zo`rlik qilgani aytildi

Jamiyat 30.05.2023, 21:44
Qashqadaryoda maktab o`quvchilar 9 yoshli bolani zo`rlik qilgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida maktab o`quvchilari to`qqiz yoshli bolani zo`rlaganlikda gumon qilinayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi munosabat bildirdi.

Holat joriy yilning 11 may kuni kunduzi soat 15:16 chamasida yuz bergan. Maktabning 3-sinf o`quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport  zaliga kirishgan va o`zaro o`yin o`ynab turgan vaqtlarida maktabning ikki nafar 5-sinf o`quvchilari ham sport zaliga kirishgan. Ular o`zlaridan quyi sinfda o`qiyotgan o`quvchilarni qo`rqitib sport zalidan bir nechtasini chiqarib yuborishgan.  Sport  zalida  qolgan 4 nafar 3-sinf o`quvchilarini sport zalidagi kichkina xonaga kiritgan va o`zlarining qo`llarida bo`lgan o`yinchoq rezinka «ilon» bilan kiyimlarini echtirib ularning bir nafarini badaniga, jumladan, belidan pastki qismiga ham urgan va ularni tashlab chiqib ketishgan. Bu holatdan xafa bo`lgan o`quvchi uyiga ketgan va qo`rquv natijasida hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan 3 kun o`tgach, bolaning sinfdoshi uning onasiga bo`lgan voqea haqida aytib bergan, bu voqeadan ta`sirlangan ona bolasini tibbiy ekspertiza qildirmasdan turli so`zlarni boshqa OAV vakillariga aytgan.

Hozirgi kunda tibbiy ekspertiza xulosasining toza chiqqanligi haqida shifokorlar og`zaki ma`lumot berishgan va uning tasdig`i  kelgusida ochiqlanishi haqida ma`lumot berishgan. Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo`limi tomonidan o`rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan  bolaning ota-onasi  yoki oila  a`zolariga hech qanday bosim o`tkazilmagan, aksincha, ular  bilan hamkorlikda voqeaga oydinlik kiritish choralarini ko`rmoqda.

“Kelgusida aniqlangan e`tiborsizlikka mas`ullar uchun o`rnatilgan tartibda jazo chorasi qo`llanilishini ma`lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1