Zarur masalliqlar: 250 gr. un, 100 grammdan mayonez va shakar, 1 dona tuxum, pichoq uchida iste`mol sodasi, 0,5 choy qoshiq sirka, 2 osh qoshiq kakao.
Tayyorlanishi: 1. Mayonezga shakar solib, aralashtirishi barobarida sirkada “o`ldirilgan” iste`mol sodasini qo`shing.
2. Aralashmaga tuxum qo`shib, ko`pirtiring. Endi un solib, yumshoq xamir qorasiz-da, 5-10 daqiqa tindirasiz.
3. Xamirdan «yong`oq»lar yasab, kakaoga belab olamiz. Pishiriq qog`ozi solingan patnisga terib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qo`yamiz.
1 soat
8 kishilik





