1

"Real Madrid" Benzema bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko`rmoqda

Sport 31.05.2023, 17:23
"Real Madrid" Benzema bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko`rmoqda

Yakshanba kuni "Atletik"ga qarshi o`yin Karim Benzema uchun "Real Madrid"dagi oxirgisi bo`lishi mumkin. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

"Real Madrid" Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni o`rganib chiqmoqda va fransiyalik futbolchining ketishi ehtimoli katta. Benzemaga yaqin bo`lganlar hujumchiga taklif tushganini inkor etishmayapti. Shu haftada, "Real Madrid"ning "Atletik"ga qarshi o`yin oldidan bir qarorga kelishini taklif qilishmoqda.

"Real Madrid" muxlislari bo`lajak o`yin Benzema uchun klubdagi so`nggi uchrashuvi bo`lishi mumkinligini bilishadi va hozirdan u bilan xayrlashuv tadbiriga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Benzemaning taklifi "Al-Ittihod"klubi tomonidan qilingan. Klub Karimning javobini kutmoqda. Forvardga mavsum uchun taxminan 100 million evrolik shartnoma hamda bonuslar taklif qilinmoqda. "Real Madrid" ham Benzemaning qarorini kutmoqda. Futbolchi bu taklif haqida Florentino Peresni xabardor qilgan.

Madridliklar sardori joriy mavsumda 42 o`yinda 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1