AsosiyJamiyat

Toshkent—Qarshi—Toshkent yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi

'Toshkent—Qarshi—Toshkent yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 1-iyun haftaning har payshanba kunidan boshlab 16/15-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

16-sonli “Toshkent — Qarshi” yo`nalishi
Toshkent 09:03 — Qarshi 14:24
15-sonli “Qarshi — Toshkent” yo`nalishi
Qarshi 16:10 — Toshkent 22:25
IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz


 

    Boshqa yangiliklar