"O`zgidromet" markazi joriy yoz faslida O`zbekistonda qanday kuzatilishi haqida ma`lumot berdi.
Aslida mintaqamizning iqlim sharoitiga ko`ra, O`zbekistonda, shuningdek, O`rta Osiyoning barcha hududlarida yoz uzoq vaqt issiq va quruq bo`ladi.
Mutaxassislarning aytishicha, bunga qaramay, turli yillardagi yoz fasllari bir-biridan farq qiladi. Shunday yillar borki, jazirama issiq ancha uzoq vaqt davom etadi. Harorat tartibi aholi uchun nisbatan qulay bo`ladigan yillar ham kuzatiladi.
Biroq, so`nggi yillarda yoz fasllarining o`rtacha harorati tez-tez o`rtacha yillik qiymatlardan oshib bormoqda. XXI asr boshidan beri faqat 2003 va 2009 yillardagi yoz fasllari me`yordan biroz sovuqroq, boshqa barcha yoz fasllari esa me`yor atrofida va undan iliqroq bo`ldi. 2015 yildan boshlab barcha yoz fasllarining harorati me`yordan yuqori bo`ldi.
Kelayotgan yoz fasli 2023 yilda qanday bo`ladi?
"Deyarli har yili aholi orasida va hatto ba`zi ommaviy axborot vositalarida yaqinlashib kelayotgan yoz fasli anomal (g`ayritabiiy) issiq, barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq bo`ladi degan ma`lumotlar paydo bo`ladi. Shu bilan birga, ba`zi hayoliy harorat qiymatlari aytiladi, ular odatda bu hudud uchun umuman to`g`ri kelmaydi.
Bunday ma`lumotlar odatda hech qanday ilmiy asosga ega emas. Meteorologiya fani bir vaqtning o`zida bir necha oyga oldin harorat fonini prognoz qila olmaydi", deyiladi xabarda.
Mutaxassislar kelayotgan yoz haqida nima deyishlari mumkin?
"Birinchidan, bugungi kunda yuqori aniqlik bilan biz faqat iyun - yozning birinchi oyi haqida gapirishimiz mumkin.
Joriy yilning iyun oyi o`rtacha issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning eng boshida havo harorati 34-37 daraja atrofida bo`ladi. Ikkinchi besh kunlikda issiq 37-40 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda 40-43 darajagacha ko`tariladi va bunday harorat ikkinchi o`n kunlikning boshigacha saqlanib turadi.
Birinchi o`n kunlik davomida O`zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat tog`li hududlarda ayrim kunlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg`irlar yog`ishi mumkin".
Qayd etilishicha, iyun oyining ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanish davrlari bilan harorat asosan 36-39 daraja, respublikaning shimolida, janubida va cho`l hududlarida 42 daraja atrofida bo`ladi.
"Umuman olganda, iyun oyi me`yordan 2-3 darajaga iliqroq bo`ladi.
Ayrim kunlarda ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin, umuman olganda, iyun oyidagi yog`ingarchilik miqdori me`yordan kam bo`lishi kutilmoqda.
Iyul va avgust oylari uchun ob-havo prognozlari faqat ehtimollik shaklida tuzilishi mumkin - bu uzoq muddatli prognozlarga eng to`g`ri va aniq yondashuvdir.
Iyul va avgust oylarida 60-70% ehtimollik bilan harorat foni me`yordan biroz yuqori va uning atrofida bo`lishi kutilmoqda. Yoz anomal issiq bo`lmaydi, biroq haroratni 40-42 darajagacha, respublikaning shimoliy, janubiy va cho`l hududlarida 43-45 darajagacha ko`tarilib, juda issiq ob-havoning ayrim davrlari ham istisno qilinmaydi. Bu bizning O`rta Osiyo iqlimimizning xususiyatlaridan biridir".