O`zbekiston bayrog`idan erkin foydalanishni ko`zda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

Jamiyat 01.06.2023, 20:52
O`zbekiston bayrog`idan erkin foydalanishni ko`zda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

”O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi e`lon qilindi. 

Loyihada bayroqqa nisbatan hurmatni ta`minlash sharti bilan quyidagilar taklif etilmoqda: 

 Davlat bayrog`idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o`zga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda foydalanishga ruxsat berish; 

 bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash bo`lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanishga ruxsat berish; 

davlat organlarining ramzida (bayroq, geraldik belgi) va ularning rasmiy veb-saytlarida Davlat bayrog`i tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga huquqiy asos o`rnatish; 

Davlat bayrog`i tasviridan ustki kiyimni bezatish uchun foydalanishga ruxsat berish; 

Shu bilan birga, davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik qilinishiga yo`l qo`yilmaydigan hollar aniq belgilab berilmoqda: 

 Davlat bayrog`idan biror-bir narsa uchun ustki yoping`ich sifatida foydalanishga (jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida foydalanish mustasno); 

Davlat bayrog`ini stollarga, o`rindiqlarga, stullarga to`shashga yoki tasvirlashga va undan qoplama sifatida foydalanishga, shuningdek o`tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to`shashga yoki tasvirlashga; 

Davlat bayrog`idan kiyim-kechak, dastro`mol yoki ko`rpa-to`shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanishga; 

Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro`mol, ko`rpa-to`shak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o`rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo`ljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirishga; 

Davlat bayrog`idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yo`l qo`yilmaydi». 

Fuqarolar qonun loyihasiga 16 iyunga qadar izoh va takliflarni berishi mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1