1

O`zbekistonliklar uchun haj ziyoratiga borish narxlari e`lon qilindi (video)

Jamiyat 01.06.2023, 21:14
O`zbekistonliklar uchun haj ziyoratiga borish narxlari e`lon qilindi (video)

Din ishlari bo`yicha qo`mita Haj–2023 mavsumiga tayyorgarlik ko`rish va uni tartibli o`tkazish yuzasidan videobayonot e`lon qildi
 

Unga ko`ra, 2023 yilda O`zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi. Bu yilgi haj mavsumi uchun kvota 12 mingdan 15 ming nafarga oshirilgani qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatdan haj safariga boruvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan. 

Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo`lib turgan ishchi guruh Makka va Madina shaharlarida sharoitlarni hozirlash bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Ta`kidlanishicha, bir nafar ziyoratchiga to`lov miqdori jamoatchilik kengashi qaroriga asosan 68 million 760 ming so`m etib belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1