1

Bugungi kunda o`zbek oilalari qancha farzand ko`rishni istaydi?

Jamiyat 01.06.2023, 21:55
Bugungi kunda o`zbek oilalari qancha farzand ko`rishni istaydi?

Darhaqiqat, o`zbeklar bolajon xalq. Bir bolaga 7 mahalla ota-ona degan gap ham bejiz paydo bo`lmagani aniq. O`zbek xonadonlarida 5, 10, 15 tagacha farzand ko`rish odatiy hol. To`g`ri bugun oilalarda nisbatan kam farzand ko`rilayotgan bo`lsada, bu borada ko`pgina davlatlardan oldindamiz. Buni raqamlar ham ko`rsatib turibdi.

Statistika agentligi bergan ma`lumotga ko`ra, 2021 yil O`zbekiston Respublikasi bo`yicha  905 211 ta tug`ilsh qayd etilgan, 2022 yilga kelib bu raqam 932 217 tani tashkil etgan.

E`tiborli jihati shundaki, 2016 yilda Respublika bo`yicha tug`ilishlar soni 726 170 tani tashkil etgan. Ko`rinib turibdiki, raqamlar yildan yilga oshib bormoqda.

Bugun, 1 iyun Xalqaro bolalarnihimoya qilish kuni munosabati bilan Darakchi uz poytaxt aholisi va mehmonlariga mikrafon tutib bugun o`zbek xonadonlari nechta farzand ko`rishni istashi haqida so`radi.

Respondetlarning 80 foizi ikki o`g`il ikki qiz ko`rishni xohlashini aytgan bo`lsa, qolganlar ikki-uch nafar farzand bir oila uchun norma ekanini aytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1