O`zbekiston UNWTO Bosh Assambleyasi Prezidenti va 2 ta Qo`mita a`zosi etib saylandi

Madaniyat 02.06.2023, 21:09
O`zbekiston UNWTO Bosh Assambleyasi Prezidenti va 2 ta Qo`mita a`zosi etib saylandi

Shu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Evropa komissiyasining 68-yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Unda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek A`zamov rahbarligidagi O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etmoqda.

Sofiya mezbonlik qilayotgan bugungi nufuzli tadbirda tashkilotning qator vakolatli organlari uchun saylovlar o`tkazilmoqdi. Quvonarlisi, saylovlar yakuniga ko`ra O`zbekiston 3 ta nominasiyada g`olib deb topildi.

Jumladan, xalqaro tashkilot tomonidan O`zbekistonga UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Ushbu rasmiy vakolat topshirilar ekan, UNWTO rahbariyati va a`zolari tomonidan bugungi kunda UNWTO Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasini o`tkazish bo`yicha O`zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini hamda mamlakatda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar alohida e`tirof etildi.

Shuningdek, O`zbekiston keyingi 2023-2027 yillar muddatiga UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar bo`yicha qo`mitasi a`zoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijroya kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda a`zo davlatlar ishtiroki haqqoniyligi va tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati O`zbekistonga ishonib topshirilganligini bildiradi.

Bundan tashqari, O`zbekiston 2023 – 2027 yillar davomida UNWTO Afillangan a`zolar qo`mitasiga saylandi. Mazkur Qo`mita dunyo bo`ylab 500 dan ortiq turizm sohasi xususiy tashkilotlari, ilmiyarlazlar va uyushmalarni o`z ichiga olganligi, mamlakatimiz uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga “Samarqand - Yangi O`zbekiston turizm darvozasi” taqdimoti amalga oshirildi. Eslatib o`tamiz, 2023 yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1