AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga tashrifini yakunlab Toshkentga qaytib keldi

'Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga tashrifini yakunlab Toshkentga qaytib keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Cho`lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi.

Bugun davlatimiz rahbari Evropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o`tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Evropa Ittifoqi etakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo`yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administrasiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar