O`rta Er dengizidan Egey dengizigacha bo`lgan moviy dengiz sohilini, yam-yashil o`rmonlar-u,xiyobonlarni velosiped tepkisini aylantirgan holda sayohat qilish sizga bir umrlik unutilmas taassurotlarni hadiya etadi. Bu yozda Turkiyadaning go`zal manzillarini kashf etishni velosipedingiz ustida, turk oshxonasining mazali taomlarini tatib ko`rish bilan boshlang. Turkiyada lager va glamping maydonchalari, velosipedda sayohat qilishni xush ko`radigan sport muxlislari uchun velosipedga mos, milliy va xalqaro eko-yorliqlarga ega bo`lgan turli o`lchamdagi mehmonxona va hostellar mavjud. Ular velosipedda sayohat qiladigan mehmonlarning kuchli jismoniy faolligini qo`llab-quvvatlash uchun maxsus menyular bilan ta`minlaydi.
Turkiyada sog`liqni saqlash, gastronomiya, festival, madaniyat, ekoturizm, ziyorat, ta`lim va sport kabi muqobil turizm yo`nalishlari bilan birgalikda velosiped turizmi ham muhim o`rin egallaydi.
Velosiped turizmi va barqaror turizmni rivojlantirish maqsadida Turkiya tomonidan amalga oshirilgan “Velosiped uchun qulay turar joy” sertifikati faqatgina velosipedlar uchun xavfsiz to`xtash joylari bilan ta`minlangan, mahalliy velosiped yo`llari va ularni ta`mirlash haqida ma`lumotga ega xodimlari bo`lgan, shu bilan bir qatorda, velosipedlarni tozaligini ta`minlash kabi turli mezonlarga javob beradigan mehmonxonalarga beriladi.
EuroVelo; Tarix va tabiat uyg`unligi
Turkiya, mamlakatni velosiped bilan kashf qilishni istaganlar uchun maxsus yo`laklar bilan o`ralgan. Turkiya, Izmir, Edirne va Qirqlareli viloyatlarini butun Evropa qit`asi bilan bog`laydigan, 17 xil uzoq masofali velosiped yo`nalishlarini birlashtirgan EuroVelo (Evropa velosiped yo`llari tarmog`i) da ishtirok etadi. EuroVelo marshruti go`zal kungaboqar dalalariyu, dengiz sohillaridan o`tib, YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan yana bir qadimiy Efes shahrida tugaydi.
Professional yoki havaskor velosipedchi bo`lishingiz muhim emas!
Turkiyada barcha darajadagi velosiped ihlosmandalari uchun yo`llari mavjud. Istanbuldan paromga minib boshqa qit`aga o`tishingiz, Izmirdagi uzumzor va zaytun bog`lari orasida velosipedda sayr qilishingiz, Mug`laning feruza ko`rfazlari orqali o`rmon bilan qoplangan tog`larga chiqishingiz va Antaliyaning sohil yo`llari bo`ylab qadimiy shaharlar orasida sayr qilishingiz mumkin.
Turk Rivierasi quyoshi ostida
Yo`llar sizni Turk Rivierasiga olib borganida, O`rta Er dengizi sohilidagi o`rmonlarda yashiringan ajoyib Toros tog`lari va qadimiy shaharlarga duch kelasiz. Sizdan bir necha ming yillar oldin bu erlarga mezbonlik qilgan sivilizasiyalarning qoldiqlari kuningizni betakror qiladi. Jumladan, Olimpos qadimiy shahrida o`rmonlar orasiga yashiringan qadimiy shahar sizni maftun etadi. Ushbu sayohatda sizni ko`m-ko`k dengizlar, marvarid qumlar, qadimiy shaharlar, kanyonlar va yashil tabiat qo`ynidagi yo`llar kutmoqda. Chodir lagerlari, bungalov uylari yoki qulay mehmonxonalar siz to`xtab dam olishni istagan vaqtda siz bilan birga bo`ladi.
Orzulardagidek sayohat: Peri mo`rilari tomon
O`zining Peri mo`rilari bilan sehrli o`lka deya tanilgan Kapadokiya velosipedda kashf qilish uchun ajoyib marshrutdir. Velosipedingizda ushbu noyob geografiyani o`rganayotganda siz qadimiy ibodatxonalar, er osti shaharlari va o`ziga xos tabiiy holda shakllangan shaharsozlikka duch kelasiz. Velosipedingizda bu bepoyon erlardan o`tib borar ekansiz, er ostidan yuzlab metr quyida joylashgan er osti shaharlari yonida to`xtash va tosh mehmonxonalarda qolishni unutmang.






