Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on mamlakatning yangi Vazirlar tarkibini e`lon qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot anjumanida aytib o`tgan.
Shunday qilib, yangi hukumat tarkibiga Adliya vaziri Ylmaz Tunch, Oila va ijtimoiy himoya vaziri Maxinur O`zdemir Goktash, Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak, Energetika vaziri Alparslan Bayraktar, Mudofaa vaziri Yasar Guler, Ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Moliya va g`aznachilik vaziri Mehmet Shimshek, sog`liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja, sanoat vaziri Mehmet Fotih Kacir, qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi vaziri Ibrohim Kumaklu, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoy, savdo vaziri O`mer Bolat, Ta`lim vaziri Yusuf Tekin va Turkiya vise-prezidenti Jevdet Yilmaz.






