6 iyun kuni butun Fransiya bo`ylab pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishida 400-600 ming kishi ishtirok etishini kutilmoqda, deya xabar beradi Trend.
Ba`zi shaharlarda 10 000 dan ortiq odam ko`chalarga chiqishi mumkin. Qayd etilishicha, rasmiylar bo`lajak namoyishlarda tartibsizliklarning faol ishtirok etishidan xavotirda.
Avvalroq Fransiya fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi (DGAC) 6 iyun kuni bo`lib o`tgan ish tashlash munosabati bilan Parijning Orli aeroporti uzilishlar bilan ishlashini ma`lum qilgandi.
Fransiyada 6 iyun kuni pensiya islohotiga qarshi navbatdagi ommaviy norozilik namoyishi o`tkazilishi rejalashtirilgan.






