AsosiySport

“Norway Chess“ turnirida Nodirbek Abdusattorovning navbatdagi raqibi nomi ma`lum bo`ldi

'“Norway Chess“ turnirida Nodirbek Abdusattorovning navbatdagi raqibi nomi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ayni kunlarda Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo`yicha davom etayotgan “Norway Chess“ turnirida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda ozarbayjonlik Shahriyor Mamediyarov bilan bahs olib bordi.

Asosiy bahsda durang natija qayd etildi. Armagedon, ya`ni g`olib nomini aniqlab beruvchi qo`shimcha tezkor partiyada tajribali Mamediyarovning qo`li baland keldi.

4-turda 1 ochkoga ega bo`lgan Abdusattorov 5-turni oq donalarda hindistonlik Gukeshga qarshi o`tkazadi. 
Aytish lozim, Gukesh kecha 4-turning asosiy partiyasida Magnus Karlsen bilan durang o`ynadi. Biroq, armagedon bahsida u ham mag`lubiyatga uchradi.  
Xalqaro turnirning 5-tur oldidan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5 ochkoga ega bo`lgan holda 7-o`rindan joy olib turibdi.

    Boshqa yangiliklar