1. Qomati to`ladan kelgan ayollar garderobida, albatta, ularning bo`ylarini baland ko`rsatuvchi kiyimlar bo`lishi shart.
2. Qaymoq rang tufli oyog`ingizni uzunroq va bo`yingizni balandroq ko`rsatadi, qolaversa bu rangdagi poyabzal istalgan rangli kiyim bilan moslashaveradi.
3. To`lachadan kelgan ayollarimizga ko`krak qismi yopiqroq liboslar tavsiya etiladi. Shuningdek, bo`yinga qavat-qavatli yoki yirik taqinchoq taqish ham asqatadi.
4. Garderobingizda, albatta, yopinchiqli ko`ylaklar bo`lsin. Bunday yopinchiqlar yordamida qomatdagi nuqsonlarni berkita olasiz.
5. Yana bir maslahat – to`q rangli jemper yoki yoqasi V-ko`rinishidagi pidjak sotib oling. Agar bunday pidjakni, klassik uslubdagi qora shim va poshnali tufli bilan kiysangiz, oyoqlaringiz uzun va ozg`in ko`rinadi.
6. Garderobda bir xil rang va uslubdagi kiyimlar bo`lmasin. Rang va uslub borasida tajriba qilishdan cho`chimang. Yorqin rangdagi zamonaviy taqinchoqlardan ham foydalaning.
7. Vertikal chiziqli kiyimlar to`lachadan kelgan ayollarga juda ham yarashadi.