1

“Iffatimni saqlay olmaganimga buvim aybdor”

SUG'DIYONA 11.10.2016, 10:58
Teglar: Ona, Ota-ona, Oila
“Iffatimni saqlay olmaganimga buvim aybdor”

—   Yaqinda 17ga kiraman. Tibbiyot kollejining birinchi bosqichini tamomlayapman. Bir yil avval amakim bizning hovlimizni sotib, o`rniga o`zi uchun boshqa uy oldi. Shuning uchun buvimnikiga ko`chib o`tishga majbur bo`ldik. O`shandan buyon boshimiz muammodan chiqmaydi. Biz buvimlarga, ular ham bizga o`rganolmay qiynaldik. Nimaga u kishi o`z nabirasini bunchalik yomon ko`rishini hech tushunolmayman. Dadamga «Qizing yigitlar bilan «yuradi», juda ochiq kiyinadi» deb yomonlagach dadam birinchi marta menga qo`l ko`tardi. Bir oylardan keyin ammamlarnikiga yig`inga bordik. Dasturxonlarni yig`ishtirayotgandik ammam bizni hammaning oldida o`g`riga chiqarib, izza qildi. Ertasi kuni o`qishdan kelsam, onam uyda yo`q. Surishtirsam buvim onamni buzuqqa chiqarib, rosa do`pposlatib, otasining uyiga jo`natib yuboribdi. O`shanda chidab turolmay u kishiga qattiq gapirdim va ukamni olib, onamning oldiga tashlab keldim. Kelsam uydan pul yo`qolganini aytishdi. Tabiiyki, bunga men aybdor edim... Yana o`sha ahvol, dadam meni urdi, yig`ladim. Ko`nglimdan nimalar kechganini ta`riflab berolmayman. Endi bu uyga qadam bosmayman degan qat`i qaror bilan anhorga bordim. Suv bo`yida o`tirib biroz tinchlandim. Shu payt yonimga bir yigit keldi. U bilan tanishdik. Birga aylandik, suhbatlashdik, kinoga tushdik. O`sha paytda hayolimdan dunyoda yaxshi insonlar ham bor ekanu degan fikrlar o`tardi. Soat 22:00 bo`ldi hamki uyga borish haqida o`ylamasdim. U ishlaydigan tashkilot shu yaqin atrofda ekan, ish joyini menga ko`rsatish uchun olib bordi. Xullas tunni o`sha yigit bilan o`tkazdim. Ertalab esa hech narsa bo`lmagandek, chiqarib yubordi. Bo`lib o`tgan voqeani onamga aytgandim, darhol shifokorga etakladi. Aksiga olib shifokor ammamning tanishi ekan, bu gaplar oxir oqibat dadamning qulog`iga etib bordi. Otam «O`zini o`ldirsin, meni bunday qizim yo`q» debdi. Onam va ammam o`sha yigitning ish joyiga borishdi, biroq u tan olmadi. Endi buvim har kuni qilgan xatomni yuzimga solib, meni qiynayapti. Dadam esa gaplashmayapti. Nima qilishni bilmay qoldim. hayolimda xuddi hamma qo`lini bigiz qilib meni ko`rsatayotgandek tuyulaveradi. 

Ismi sir tutildi.

Qaynonajon: Afsus, ming bora afsus. Oiladagi ko`ngilsizliklar to`lqini sizni umidsizlik, baxtsizlik qirg`og`iga chiqarib tashlabdi. Kimning oilasida har kuni bayram ekan, o`ylab ko`rdingizmi? Hammada o`ziga yarasha muammolar, tashvishlar, tushunmovchiliklar bor. Buvijonning xavotirlarida ham jon bor ekan-da aslida. Nahot bilmagan, tanimagan begona erkakka ishonib ketaverasiz. Eh, nodongina qiz-a... Bu sharmandalikni otangiz ko`tarishi qiyin-da, bolajonim. Biroq bo`lgan ish bo`ldi, endi to`g`ri yo`lni tanlash kerak. Shu o`rinda kattalarga aytadigan ikki og`iz so`zim bor. hayot tashvishlarida sochi oqargan buvijoni, bolangizni bolasiga bunchalik berahm bo`lmang. O`ynab gapirsang xam o`ylab gapir deydilar. Yoshlar g`o`r, nodon, qiziqqon bo`lishadi, buni bilasiz. Balki, qizgina so`zlaringizga achchiq qilib, shu mudhish xatoga yo`l qo`ygandir, shu haqda bir o`ylab ko`ring. Siz-chi, OTA nomini ko`tarib yurgan ukam. Nega oilangizni, ahli ayolingizni himoya qilolmay qoldingiz. Xotinni onasinikiga haydab, bolalarni hayron-sarson qilgan bilan bo`yningizdan otalik karzi olib tashlanmaydi, jon uka! Ko`zingizni kattarok oching! Erkaksiz, elning ulug`i, oila boshlig`i, Xudo bergan aziz ne`mat-farzandlarning padari buzrukvorisiz. hammaning boshini birlashtirib, bolalarga o`rnak ko`rsatib ahil yashamaganingizning, ularning tarbiyasi bilan shug`ullanmay, tashlab qo`yganingizning, vaziyat shu holga kelgunicha tomoshabin bo`lib o`tiraverganingizning jabrini tortayapsiz endi. Shundan keyin ham farzand tarbiyasi bilan shug`ullanmasangiz, holingiz xarob, ishonavering. Aql o`rgatishdan yiroqmiz. Bir jamiyatda, bir zamonda yashayapmiz, shu sabadan ham bir-birimiz uchun mas`ulmiz. O`zingizni qo`lga oling, yo`l qo`ygan xatolaringizni tuzatishga harakat qiling. 

Shahnoza Halilova, ruhshunos: — Muammo boshqa uyga ko`chib o`tgach boshlandi debsiz, aslida avval boshdan oilangizda tartib-intizom yo`lga qo`yilmagan-u, yangi muhitda shu kamchiligingiz ko`rinib qolgandek tasavvur paydo bo`lyapti menda. Bunda kimnidir ayblash fikridan yiroqman. Siz ham xatolaringizga buvingiz yoki boshqalarni ayblamang. Yo`l qo`ygan xatongizga kelsak, agar yosh bolalarcha tantiqlik bilan hayotga engil qaramaganingizda, o`ylaymanki, bunchalik tashvishlar girdobida qolmasdingiz. Kimlargadir achchiq qilib, nimalarnidir isbotlash uchun hayotingizni buzishingiz shartmidi? Hatti-harakatlaringizdan e`tibor, mehr etishmayotganligini ko`rish qiyin emas. Ammo ota-onaningizni qayta tarbiyalashning imkoni yo`q. Shunday ekan, o`zingiz hayotga kattalarcha qarashni o`rganing. Har bir qilgan ishingiz uchun mas`uliyatni bo`yningizga olishga harakat qiling. Xatolaringizdan keyin yaqinlarinigiz sizga nisbatan qanday munosabat qilishlarini kutyapsiz? Tushkun holatdasiz, tushunamiz, biroq alamlaringizni hayotningizni barbod qilish yo`li bilan olishni bas qilib, kamchiliklaringizni tuzatib, to`g`ri yashashni o`rganing. Xovliqmay, o`ylab qaror qabul qilishga odatlaning. Hayotingiz izga tushish uchun, albatta, tartib-intizomga o`rganing. 

Saodat OChILOVA yozib oldi. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1