AsosiyJamiyat
2267

“Men 01 man, GAI lar ushlanglar meni, 6 bakal pivo ichganman” (video)

'“Men 01 man, GAI lar ushlanglar meni, 6 bakal pivo ichganman” (video)'ning rasmi

Samarqand viloyatida tiktoker o`zining avtomashinasini boshqarish davomida TikTok ijtimoiy tarmog`ida jonli efir qilib, unda Samarqand viloyati Yo`l patrul xizmatlariga haqoratomuz so`zlar bilan murojaat qilgan. Tiktokerga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Tiktoker jonli efirda spirtli ichimlik iste`mol qilgani va uni qaerdan topish mumkinligini aytgan.

Xabarda aytilishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan 1998 yilda tug`ilgan fuqaro topilib, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tiktoker qilgan xatti-harakatlariga oid to`plangan hujjatlar ko`rib chiqilishi uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Ma`lum qilinishicha, tiktoker yil boshidan beri 18 marta yo`l harakati qoidalarini buzib, ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan. Unga nisbatan sud organlari tomonidan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar