AsosiyDunyo

Gaitidagi suv toshqinlari oqibatida odamlar halok bo`lmoqda

'Gaitidagi suv toshqinlari oqibatida odamlar halok bo`lmoqda'ning rasmi

Gaitida dam olish kunlari davom etgan kuchli yomg`irlar oqibatida minglab uylar suv ostida qoldi, 42 kishi halok bo`ldi, yana 85 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda CNN.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, kuchli yomg`ir oqibatida Gaiti bo`ylab bir nechta daryolarda suv toshigan, bu esa o`z navbatida ko`chkilarga olib kelgan.

Suv toshqinlari oqibatida 13300 dan ortiq kishi uyini tark etishga majbur bo`lgan. Gaitining 10 departamentidan beshtasi: G`arbiy, Nippes, Janubi-Sharqiy, Shimoliy-G`arbiy va Markaziy departamentlarda yana 11 kishi bedarak yo`qolgan.

"Hukumat milliy va xalqaro institutlar bilan birgalikda vaziyatni hal etish uchun shoshilinch choralar ko`ryapti", – deb yozdi Gaiti Bosh vaziri Ariel Anri Twitterda.

Dushanba kuni davom etgan kuchli yomg`ir tufayli qurbonlar soni yana ortgan.

    Boshqa yangiliklar