1

Shavkat Mirziyoev Italiyaga etib bordi

Siyosat 07.06.2023, 23:05
Shavkat Mirziyoev Italiyaga etib bordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.

Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O`zbekiston etakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8 iyun kuni boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1