AsosiyJamiyat
1620

O`zbekistonda ”Hub and Spoke“tamoyili asosida yangi universitet tashkil etildi

'O`zbekistonda ”Hub and Spoke“tamoyili asosida yangi universitet tashkil etildi'ning rasmi

Prezident farmoni bilan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o`zgarishini o`rganish universiteti tashkil etildi. Unga ko`ra, universitet davlat OTM hisoblanib, faoliyati   ”Hub and Spoke“tamoyili asosida yo`lga qo`yiladi.

Universitetning asosiy vazifalari O`zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining muhim ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy muammolarini hal etishga qodir mutaxassislar, olim, tadqiqotchi, rahbar va tadbirkorlarni tayyorlash hisoblanadi. Universitetda ta`lim davlat granti va to`lov-kontrakt asosida tashkil etilib, o`quv jarayoni:

  • kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;
  • o`zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Ma`lum qilinishicha, TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqa sertifikatlariga ega abiturientlar tegishli fanlardan eng yuqori ball oladi va ushbu fanlardan imtihondan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2023 yil 1 sentyabrdan oliy ta`lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o`rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo`lgan yo`nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri stipendiyasi ta`sis etiladi.

Bunda, to`lov-kontrakt asosida ta`lim olayotgan talabalarning bir yillik to`lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming so`m), davlat granti asosida ta`lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 million 980 ming so`m) stipendiyalar tayinlanadi.

Universitetni tamomlagan O`zbekiston fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, 5 yillik ish stajiga ega bo`lgandan keyin – mutaxassisligi bo`yicha rahbar lavozimlarga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro`yxatiga kiritiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar