8 iyun kuni Qozog`istonning Ostona shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi kongressi tashkil etildi.
Unda tashkilotga a`zo milliy federasiya va assosiasiya vakillari ishtirok etdi. Yurtimiz nomidan O`zbekiston sambo assosiasiyasi raisi Alisher Alimov qatnashdi.
Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi. Shu jumladan, oldinda turgan musobaqa mezbonlari ham aniqlandi. Unga ko`ra, 2025 yil sambo bo`yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun Toshkent shahri da`vogarlik qilgandi. Poytaxtimiz varianti bir ovozdan qo`llab-quvvatlandi.
Shu tariqa, 2 yildan keyingi Osiyo-Okeaniya chempionati Toshkent shahrida o`tkaziladigan bo`ldi.






