Ar-Riyod Oq uy rahbari Jo Baydenning neft haqidagi so`zlaridan so`ng Vashingtonga munosabatlarni o`zgartirishi bilan tahdid qildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
The Washington Post gazetasining yozishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ar-Riyod va Vashington o`rtasidagi munosabatlarni tubdan o`zgartirishi hamda Amerika neft qazib olishning qisqarishiga qarshi chora ko`rsa, unga katta iqtisodiy xarajatlar yuklashi bilan tahdid qilgan.
O`tgan yilning kuzida AQSh prezidenti Saudiya Arabistoniga yuqori energiya narxlari va AQShda bo`lajak saylovlar fonida neft qazib olishni qisqartirish qarori uchun «oqibatlar» bo`lishini va`da qilgan edi. Bu tahdid to`g`ridan-to`g`ri Saudiya rasmiylariga etkazilganmi yoki yo`qmi aniqlik kiritilmagan. Biroq, bu so`zlar AQSh va Saudiya Arabistoni o`rtasidagi keskinlikni kuchaytiradi, deb yozadi gazeta.
Ma`lumot uchun, yaqinda OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo`yicha kelishuvda ishtirok etuvchi boshqa neft qazib oluvchi davlatlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab kvotani kuniga 1,6 million barrelga kamaytirishga kelishib oldilar.






