Ozarbayjondan Ukrainaga yana bir insonparvarlik yordami jo`natildi.
Trend xabariga ko`ra, insonparvarlik yordami Ukraina tomonining murojaatini inobatga olgan holda prezident Ilhom Aliev topshirig`i bilan tashkil etilgan.
Gumanitar yuklar suv quvurlari, nasoslari, qutqaruv jiletlaridan iborat.
Shu bilan birga, Ukrainaga qutqaruv ishlarida qatnashadigan texnika va kemalar uchun mo`ljallangan 20 tonna yoqilg`i jo`natilgan.
Eslatib o`tamiz, gumanitar yuk Bokudan Polshaga, u erdan esa Ukrainaga samolyotda etkaziladi.






