AsosiyDunyo

Qozog`istonda 12 iyun motam kuni deb e`lon qilindi

'Qozog`istonda 12 iyun motam kuni deb e`lon qilindi'ning rasmi

Abay viloyatida sodir bo`lgan yong`inda halok bo`lganlar xotirasi uchun 12 iyun kunini Qozog`istonda umummilliy motam kuni deb e`lon qilindi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Qozog`iston FVVning xabar berishicha, Abay viloyatida yashin urishi natijasida kelib chiqqan yong`in 14 kishining halok bo`lishiga olib kelgan.

Davlat rahbari yong`inda halok bo`lgan o`rmon xo`jaligi xodimlarining oila a`zolari bilan uchrashdi. Qosim-Jo`mart To`qaev ularga hamdardlik bildirib, mamlakatda motam kunini e`lon qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, prezident Qosim-Jo`mart To`qaev tomonidan Favqulodda vaziyatlar vaziri ishdan chetlatilgan.

    Boshqa yangiliklar