AsosiyDunyo

Pokistonda suv toshqinlari yuzaga keldi

'Pokistonda suv toshqinlari yuzaga keldi'ning rasmi

Pokistonda kuchli yomg`ir sabab bo`lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 25 kishi halok bo`ldi, yana 145 kishi jarohatlandi. Bu haqda Dawn gazetasi xabar berdi.

Gazetaga ko`ra, mamlakat shimoli-g`arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining bir necha tumanlarida kuchli yomg`ir yog`gan.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif qurbonlarning oila a`zolariga hamdardlik bildirgan va tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasiga jabrlangan hududlardagi odamlarga yordam berish choralarini ko`rishni topshirgan.

2022 yilda musson yomg`irining toshqinlari Pokiston tarixidagi eng halokatli toshqinlardan biri bo`ldi. Ular mamlakatning 160 ta hududining 90 dan ortig`ida 33 milliondan ortiq kishiga (mamlakat aholisining 14 foizi) ta`sir ko`rsatdi. O`lganlar soni 1719 kishini tashkil etdi, iqtisodiy zarar 30 milliard dollarga baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar