Har yili 12 iyun butun dunyoda “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi.
Ayni paytda dunyoda 160 million bola (63 million qiz va 97 million o`g`il bola) “bolalar mehnati”ga jalb qilingan.
Dunyoda har o`ninchi bola “bolalar mehnati”ga jalb qilingan bo`lsa, har beshinchi boladan kamida bittasi rivojlanmagan mamlakatlarda ishlashga majbur.
Afrikaning Sahroi Kabirdan janubi-g`arbiy qismida bolalarning qariyb 26 foizi “bolalar mehnatiga jalb qilingan”, bu dunyo bo`ylab eng yuqori ko`rsatkichdir. Lotin Amerikasi va Karib havzasida bolalarning taxminan 7 foizi xavfli ishlarga jalb qilingan.
Rivojlanmagan mamlakatlarda 5 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan har to`rt boladan kamida 1 nafari xavfli kasblarda ishlashga majbur.






