AsosiySport

Xivada Xalqaro etnosport festivali o`tkaziladi

'Xivada Xalqaro etnosport festivali o`tkaziladi'ning rasmi

“Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (240-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Qarorga ko`ra, Xalqaro etnosport festivali 2023 yil 7–10 sentyabr kunlari Xivada o`tkaziladi.

Qaror bilan festivalni o`tkazish tartibi bo`yicha nizom tasdiqlandi.

➖Unga ko`ra, festival har 2 yilda bir marta o`tkaziladi.

Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi:

sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;

ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;

naqqoshlik va kashtado`zlik san`ati ko`rgazmasi;

kulolchilik mahsulotlari ko`rgazmasi;

o`zbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi.

➖Festival doirasida xalqaro musobaqa g`olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi. 

➖Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominasiyalar bo`yicha sovrindorlar aniqlanib,  qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar