Ekvadorda keksa ayol qarindoshlari dafn qilishga tayyorlayotganda qayta jonlandi, deb xabar bermoqda «El Universo» nashri.
«Babaoyo shahridagi Martin kasalxonasi shifokori vafot etgan kampir tanasini qarindoshlariga topshirgan. Kampir bir necha soat tobutda yotgan. Jasadni dafn qilish uchun tayyorlash vaqti kelganda uning o`g`li va qarindoshlari tobutni ochib, kampir hali jon bermaganini sezib qolgan», – deyiladi xabarda.
Tibbiy xodimlar holatni izohlay olishmayapti. Ehtimol, Bella katalepsiya, ya`ni bir necha kunga cho`zilishi mumkin bo`lgan harakatsizlik holatiga tushib qolgandir, dedi bir shifokor.
Ayni payt ayol yana kasalxonaga qaytarilgan. Qarindoshlar esa muassasa ustidan sudga da`vo kiritmoqchi.
13.06.2023 10:35
Ekvadorda dafn qilinayotgan ayol tirik bo`lib chiqdi






