1

Pulingiz ko`p bo`lishi uchun 6 oddiy usul

SUG'DIYONA 12.10.2016, 10:39
Teglar: Ayol, Plastik kartochka
Pulingiz ko`p bo`lishi uchun 6 oddiy usul

«Dugonam har oy yangi ko`ylak, poyabzal sotib olishga qaerdan pul toparkan? Nega men ro`zg`ordan orttirolmayman?» deya noliyapsizmi? Xo`sh, pulingiz ko`paymayotganligi sabablari, mablag` orttirish choralari sizni qiziqtiradimi? Marhamat,  byudjetingizni tejashga ko`maklashuvchi maslahatlar bilan tanishing.

Bankda emas, bankada saqlaymiz?

Ko`pchiligimizda mablag` borlikka bor-u, negadir uni muomalaga kiritishning g`amini emaymiz. Aytaylik, sarmoyangizni onangizga berib qo`ydingiz. Erta-indin to`ymi, boshqa xarajatingizmi, chiqib qolsa, uyalib qolmaysiz. Pulingiz ishonchli qo`llarda! Ammo shu mablag`ni bankka qo`ysangiz, «bolalab» yotgan bo`lardi-da. Foydasini har oy oxirida kundalik xarajatlaringizga, aslini esa bemalol to`y-hashamingizgi sarflayverardingiz. Qo`shimcha daromad-da bu!

Faqat bugunimiz bilan yashaymiz

Odatda qo`limizga maosh tegmasidanoq uni qaerga «joylash» bo`yicha strategik reja miyamizda pishib etiladi. Bor pulimizni bolalar bog`chasi, oziq-ovqat, kiyim-kechakka safarbar etamiz-u, eng asosiysi, maoshning atigi 10 foizini ko`zga tashlanmaydigan joyga bekitib qo`yishni negadir ortga suraveramiz. Bir qarashda arzimasdek ko`ringan shu pul vaqti kelib, katta muammoni hal etishga ko`maklashishi mumkin. Axir bejizga «toma-toma ko`l bo`lur» deyishmaydi-ku! Hafsala qilsangiz bo`lgani.   

Qarzga ishonib qolganmiz

Qarz aybdorlik hissi bilan yashashga majbur qiladi. Shuning uchun kichik ehtiyojlaringiz uchun bu usuldan foydalanmang. Ayniqsa, kredit to`lay olishga ko`zingiz etmasa, yaxshisi, boshqa chora izlang. To`g`ri, naqdiga uy sotib olishining imkoni bo`lmasa, kredit hisobiga qo`rg`onli bo`lgan yaxshi. Ammo dazmol, telefon, mebel kabi xaridni bir muddat kechiktirish imkoni bo`lsa, ortiqcha foiz to`lash aqldan emas.

Supermarketdan xarid qilamiz

Do`konlarda xaridorlar e`tiborini tortish uchun buyumlarni to`g`ri joylashtiruvchi maxsus guruh ish olib borishidan xabaringiz bo`lsa kerak. Ularning sharofati bilan bozorda qayrilib ham qaramaydigan narsalar ko`zimizga olovday ko`rinib ketadi-yu darrov savatchaga joylab olamiz. Kassa chekini qo`lga olgandan keyin esa boshingizni devorga ursangiz ham befoyda. Shu sababli do`konga kirishdan avval ro`yxat tuzib oling. Kiyim-kechaklarni esa mavsum kirguniga qadar, chegirmalar vaqtida xarid qilish mumkin.  

Uyali telefondan ayamaymiz!

«Shavla ketsa ketsin, obro` ketmasin». Axir uy yoki ish telefonidan gaplashayotganimizga kimningdir ko`zi tushib qolsa, ziqna ekan demaydimi?! Ammo bu vaziyatda birovlarning fikrini emas, o`z hamyonimizni o`ylaganimiz ma`qul. Tortinchoqlikni  unutib, ehtiyojingizga ko`ra ish tutishni maslahat beramiz. Bundan tashqari, uyali aloqa tarif rejangizni qayta ko`rib chiqing. Chunki operatorlar har mavsumda yanada qulayroq xizmatlarni taklif etishadi. Faqat vaqt va hafsalangizni qizg`onmay rejalaringizni o`rganib chiqsangiz bo`lgani. Aytaylik, oila a`zolaringizni bir xil tarif rejasiga o`tkazib qo`ysangiz, o`zaro suhbatlar tekinga tushadi.

Plastik kartochka — qaynar xumcha emas!

Albatta, plastik kartochkadan xaridlarni amalga oshirish oson va qulay. Qolaversa, hamyondan ketmagani uchun ham cho`g`i kamayib qolgani bilinmaydi. Bir kun do`konga kirib maoshni tugatib qo`yganimiz ma`lum bo`ladi-yu, mulzam ahvolda chiqib kelaveramiz. Qarabsizki, maoshning tagi ko`rinib qolgan. Naqd pul bilan esa bunday qilolmaysiz. Plastik kartochkadan to`g`ri foydalansangiz, rejali ish ko`rsangiz, xarajatlaringizni nazorat qilishingiz mumkin. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1