AsosiyDunyo

Qirg`iziston MDH hududida qidiruvda bo`lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi

'Qirg`iziston MDH hududida qidiruvda bo`lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi'ning rasmi

Qirg`izistonda MDH davlatlarida qidiruvda bo`lgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Iyun oyi boshidan buyon mamlakatda O`zbekiston va Rossiyaning to`rt nafar fuqarosi hibsga olingan.

Qirg`izistonda MDH davlatlarida qidiruvga berilgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. Tizim 2 iyundan ishlay boshlagan, biroq IIV bu haqda endigina ma`lum qildi.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, dastlabki 10 kun ichida kuzatuv kameralari davlatlararo qidiruvda bo`lgan 57 nafar shaxsni aniqlagan. Ular asosan Qirg`iziston fuqarolari. Ular ma`lumotlar bazalari bo`yicha tekshirilib, ro`yxatga olingan.

Tekshiruvdan o`tganlarning to`rt nafari hibsga olingan. Ular orasida O`zbekiston va Rossiya fuqarolari ham bor. "Ular odam o`ldirishga suiqasd, ekstremistik jinoyatlar (Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasiga o`tkazilgan), bezorilik, hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan", — deyiladi xabarda.

IIV ma`lumotlariga ko`ra, qidiruvda bo`lgan 85 mingdan ortiq odam haqida faqat Rossiya huquq-tartibot idoralari ma`lumot bergan.

    Boshqa yangiliklar