Leningradda milisiya xodimlari tomonidan 22 yoshli O`zbekiston Respublikasi fuqarosi qo`lga olindi. Qiz O`zbekistonda sodir etgan o`g`riligi uchun davlatlararo qidiruvda bo`lgan.
47 kanaliga polisiyadagi manbaning aytishicha, ayolga nisbatan jinoiy ish 2021 yil dekabrida qo`zg`atilgan. U hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan, biroq jinoyatchi tergovdan qochishga muvaffaq bo`lgan.
12 iyun, dushanba kuni ertalab soat oltilar atrofida Vsevolojskdagi Koltush shossesi bo`yidagi uylardan birida o`g`ri qo`lga olindi. Hozirda u izolyasiyada. Ma`lum qilinishicha, ayol Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida migrasiya ro`yxatida bo`lmagan.
Leningrad polisiyasi jinoyatchi qo`lga olingani haqida o`zbekistonlik hamkasblarini allaqachon xabardor qilgan.






