Turkiyaning G`arbiy Onado`li mintaqasidagi arxeologik yodgorliklari bilan mashhur bo`lgan Burdur viloyatida hayajonli yangilik! To`qqiz oylik qayta tiklash ishlaridan so`ng Burdurning Go`lhisar tumanida joylashgan qadimiy Kibira(Kibyra) qadimiy shahridagi ulkan favvoraga chuchuk ichimlik suvi yana qaytdi. 2016 yilda kashfetilgan va o`sha yili YuNESKOning Butunjahonmerosi ro`yxatiga kiritilgan qadimiy shaharKibiradagi monumental favvorani qayta tiklash, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Burdurviloyati hokimligi ko`magida amalga oshirildi.
2000 yillik muhtasham Kibira favvorasi Rim imperiyasi davrida qad rostlagan. Ikki hovuzga egabo`lgan va Kibira qadimiy shahrining uchinchiayvonida joylashgan qadimiy inshoot milodiy 23 yilda shahar katta zilziladan so`ng qaytatiklanganida qurilgan va qariyb 700 yil faoliyatko`rsatgan, deb taxmin qilinadi. Balandligi 7,5 metr va diametri 15 metr bo`lgan ulkan favvoraustunlar bilan mustahkamlangan konus shaklidagisoyabonni ham o`z ichiga oladi. Kibiraningdastlabki favvorasi bo`lgan ulkan inshoot qadimiyshaharning suvga bo`lgan ehtiyojini qandayqondirganini ko`rsatadi va agorada tasvirlanganme`moriy vizuallik estetikaning ajoyibnamunasini taqdim etadi.
Kibira "Gladiatorlar shahri"
Go`lhisar tumanining g`arbiy yon bag`ridajoylashgan Kibira nisbatan keng turar-joyhududida joylashgan. Rim taraqqiyotining engmuhim shaharlaridan biri sifatida Kibiradantopilgan me`moriy qoldiqlarning barchasi Rim imperatorlik davriga tegishli. Mintaqaningmuhim xususiyati shundaki, binolarning har birio`zaro simmetrik tarzda yaratilgan bo`lib, ular birbirini also to`sib qo`ymaydi. Kibiragakiraverishda uning stadioni joylashgan; QadimgiOnado`lidagi eng ulug`vor stadionlardan birihisoblangan Kibira stadioni 10 000 ga yaqinodamni sig`dira oladi va gladiatorlarning epik musobaqalariga mezbonlik qilgan debhisoblangan. Shu tariqa Kibira o`zining“Gladiatorlar shahri” unvonini meros qilibolgan.
Kibiradagi yana bir diqqatga sazovor inshoot- orkestr qismida Meduza mozaikasi tasvirlanganodeon va ustunli savdo ko`chasi atrofida qurilganagoradir. Bundan tashqari, qadimiy shaharningRim hammomi va antiqa teatri diqqatgasazovordir. Qadimgi manbalarda aytilishicha, Kibira sanoati dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot, temirchilik va kulolchilikni o`z ichiga olgan. Shahar kosmopolit tuzilishga va to`rt xil tilga egaekanligiga ishonilgan. Shunga ko`ra, Kibiraningkuchli iqtisodiyoti va harbiy kuchi borligita`kidlanadi.
To`xtovsiz oqib turuvchi favvoraga egaikkinchi qadimiy shahar
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, favvoramarkazida dumaloq minora qad ko`tarib, uningatrofida oltita ustunlari ham bor. Shu bilanbirga, suv paydo bo`lgan joyga sherlar vapanteralarning oltita haykalchasi o`rnatilgan. Ushbu haykallardan faqat ikkitasi qazishmalarpaytida topilgan bo`lib, bugungi kunda ikkita aslhaykal Burdur muzeyida namoyish etilmoqda.
Burdurda qadimdan qolgan ikkita monumentalfavvora bor. Birinchi bo`lib Burdurning Aglasuntumanidagi Sagalassos qadimiy shahrida 1800 yillik Antonin favvorasi topilgan. Qaytatiklash ishlari tugallangandan so`ng, Kibiraqadimiy favvora joylashgan ikkinchi maskangaaylandi.
Arxeologik qazishmalar, tadqiqot va qutqaruvishlari faol olib borilayotgan Turkiyada so`nggiyillarda ko`plab tarixiy ashyolar topilib, muzeylarga olib kelinmoqda. 2022 yilda 713 ta arxeologik faoliyat natijasida arxeologikqazishmalar soni bo`yicha dunyoda etakchi davlatbo`lgan Turkiyada 10.500 ga yaqin asarlar o`rtagachiqdi.






