Payshanba kuni Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi qadimiy Lyanchju shahrida XIX Osiyo o`yinlari alangasi yoqildi, deya xabar beradi Osiyo o`yinlari-2022 tashkiliy qo`mitasi.
2022 yilgi Osiyo o`yinlari alangasi bugun Xitoy sharqidagi, Chjeszyan provinsiyasidagi qadimiy Lyanchju shahrida yoqildi. Bu - XIX Osiyo o`yinlari ochilishiga 100 kun qolganini bildiradi.
O`yinlar 2023 yil 23 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Xanchjou shahrida bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, XIX Osiyo o`yinlari 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari bo`lib o`tishi kerak edi. Keyinchalik, 2023 yil kuzga o`zgartirildi.
Osiyo o`yinlari Xitoyda uchinchi bor o`tkaziladi. 1990 yilda musobaqa Pekinda, 2010 yilda Guanchjouda bo`lib o`tdi.
Xanchjoudagi o`yinlarning sport dasturiga 40 ta sport turi, 61 ta yo`nalish va 483 ta tadbir kiritilgan. Kibersport va breyk-dens musobaqalari Osiyo o`yinlarida ilk bor o`tkaziladi.
16.06.2023 07:57
Xitoyda XIX Osiyo o`yinlari alangasi rasman yoqildi






