Joriy yilning 15 iyun kuni soat 08:30 larda Mirzo Ulug`bek tumani Sultoniya ko`chasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko`ra, 1978 yilda tug`ilgan I.S. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli avtobus hamda 1991 yilda tug`ilgan I.M. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz bergan.
YTH oqibatida "Lasetti" avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






