Bosh prokuratura matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo`limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Iqbol” MFYda yashovchi I.U. o`z uyida 8 ta to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 342 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
16.06.2023 08:51
Toshkent tumanida o`z uyiga mayning kripto-aktiv qurilmalarini o`rnatgan shaxs aniqlandi






