AsosiySiyosat

Sirdaryo viloyati hokimi senator bo`ldi

'Sirdaryo viloyati hokimi senator bo`ldi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo`shab qolgan o`rin uchun saylov bo`lib o`tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi viloyat hokimligi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjaev ishtirok etdi.

Saylov yashirin ovoz berish yo`li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko`ra Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Maxmudaliev Oliy Majlis Senati a`zoligiga saylandi.

Eslatib o`tamiz sal avval, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug`bek Qosimov Oliy Majlis Senati a`zoligiga saylangan edi. 

    Boshqa yangiliklar