AsosiyJamiyat

Nukusda 27 yoshli ayol o`zini 4-qavatdan tashladi

'Nukusda 27 yoshli ayol o`zini 4-qavatdan tashladi'ning rasmi

Nukusda 27 yoshli ayol 4-qavatdan yiqilib tushishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 12 iyun kuni soat 06:00 larda Nukus shahri “G`arezsizlik” MFY Qoraqalpog`iston ko`chasida yashovchi ayol 4-qavatdan yiqilib tushgan va voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanishicha, M.A. ismli ayol 1996 yilda tug`ilgan.

Marhumaning turmush o`rtog`i B.U. ertalab soat 05:40 larda uyqudan turganida xotini M.A.ni uyda yo`qligini bilib, tashqariga chiqqanida hushsiz holatda topgan. Tez yordam va yaqinlariga qo`ng`iroq qilib xabar bergan. Marhuma ayol yuqori qavatdan tushib ketganligi sababli vafot etgan.

Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.A.ning o`lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017 yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida 2018 va 2021 yillarda o`g`il va qiz farzandlarni dunyoga keltirgan. 2022 yil sentyabr oyida marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud bo`lganligi sababli, ruhiyatida o`zgarish bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar