Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida tushunarsiz vohimali narsalar sodir bo`lmoqda ma`nosida videolar tarqaldi.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, suratga olinayotgan yangi filmning tasvirga olish jarayonida lavha ekan.
"Metroning Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o`tuvchi 3-4-bekatlari oralig`ida O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan ishchi nomi "Uch qahramon" bo`lgan badiiy film tasvirga olinayotganligini ma`lum qilamiz" deyiladi xabarda.
Film ssenariysi bo`yicha bezorilik va yong`in sahnalari ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining nazorati ostida amalga oshirilmoqda.