AQSh Moliya vazirligi tarixda birinchi marta AQSh davlat qarzi 32 trillion dollardan oshganini ma`lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Jami to`lanmagan davlat qarzi 32 trillion 39 milliard 244 million dollarni tashkil etadi.
Ilgari bu ko`rsatkich 31,95 trillion dollar darajasida bo`lgan. Iyun oyi boshida AQSh prezidenti Jo Bayden davlat qarzi chegarasini 2025 yil 1 yanvargacha vaqtincha oshirish to`g`risidagi qonunni imzolagandi.
32 trillion dollarlik ko`rsatkich pandemiyadagi prognozdan to`qqiz yil oldin yuzaga keldi, bu kovid ta`sirini va iqtisodiy o`sishning sustligini bartaraf etish uchun trillionlab dollarlik favqulodda xarajatlarni aks ettiradi.
Kongressning Byudjet boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, yaqinda ikki tomonlama qarz chegarasini ikki yilga to`xtatib turish to`g`risidagi kelishuv federal xarajatlarni o`n yil davomida 1,5 trillion dollarga qisqartiradi.
Ammo o`n yillikning oxiriga kelib, hatto xarajatlar qisqartirilgan taqdirda ham qarz 50 trillion dollardan oshishi mumkin.






