Hindiston sharqida 3 iyun kuni sodir bo`lgan poezdning to`qnashuvi qurbonlari soni 290 kishiga etdi.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, 16 iyun juma kuni yaradorlar orasidan yana 2 kishi shifoxonada vafot etgan.
Baxtsiz hodisa Balasore shahri yaqinida yuz bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, Bangalor-Kolkata yo`lovchi poezdi boshqa yo`lovchi poezd bilan to`qnashib ketganidan keyin qisman relsdan chiqib ketgan. Ba`zi vagonlar qo`shni yo`llarga chiqib ketgan va Kalkuttadan Chennayga ketayotgan Coromandel Express poezdi ularga urilib ketgan.
Qayd etilishicha, 3 iyun kuni Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poezdning halokatga uchrashiga elektron qulflash tizimidagi o`zgarishlar sabab bo`lgan. Bu haqda mamlakat temir yo`llar, aloqa, elektronika va axborot texnologiyalari vaziri Ashvini Vaishnav ma`lum qildi.
“Biz hodisa sabablarini va bunga javobgar shaxslarni aniqladik. Bu elektron blokirovkaning o`zgarishi tufayli sodir bo`lgan”, — dedi u.






