Zarur masalliqlar: 1 kilogramm. tovuq go`shti, 150 ml. sut, 100 gr. sariyog`, 3 bo`lak non, 1 dona tuxum, 1 stakan non talqoni, tuz, qora murch; sarimsoqpiyozli aralashma uchun: 150 gr. sariyog`, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz.
- Sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang yoki ezing. Xona haroratida eritilgan sariyoqqa solib, aralashtiring. Tuz sepishni unutmang. So`ngra sellofanga solib, rulet shaklida o`rang-da, 1 soatga muzxonaga qo`ying.
- Non bo`lagini sutga solib, iviting. Tovuq go`shtining terisini olib tashlang. So`ngra suyaklaridan tozalab, go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Tuxum, ivitilgan non qo`shib, tuz, murch seping-da, aralashtiring. Qiymani 3 soatga muzlatkichga qo`ying.
- Sariyog`ni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Qiymadan olib, o`rtasiga sariyog` qo`ying-da, kotlet shakliga keltiring. So`ngra non talqoniga belab oling. Kotletlarni eritilgan sariyog`da qovuring. Ikkala tomonini baland olovda qizartirib olib, so`ngra olovni pastlab pishguncha qoldiring.
- Kotletlarni qaynatilgan guruch va sarimosqpiyozli aralashma (qizdirilgan tovaga solib, yumshating) bilan dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
8 kishilik.