Xitoyning Usi shahrida o`tayotgan qilichbozlik bo`yicha Osiyo chempionatida hamyurtimiz Zaynab Dayibekova sablya yo`nalishida oltin medalni qo`lga kiritdi.
Dayibekova saralashda Vetnam, Xitoy, Avstariya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag`lubiyatga uchratdi. Bu qoraqalpog`istonlik sportchimizning kattalar o`rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo`lga kiritgan birinchi oltin medal hisoblanadi.
19.06.2023 17:24
Zaynab Dayibekova qilichbozlik bo`yicha Osiyo chempioni bo`ldi






