1

Eringizga aytib bo`lmaydigan 5 jumla

SUG'DIYONA 12.10.2016, 15:56
Teglar: Ayol, Oila, Er-xotin
Eringizga aytib bo`lmaydigan 5 jumla

Ba`zan birgina so`z insonlar o`rtasidagi munosabatlarga putur etkazishi mumkin... Turmush o`rtog`ingizga esa quyidagi gaplarni aytishdan ehtiyot bo`ling.

«Gullar uchun rahmat, lekin menga sariq rangdagilari yoqmaydi!»

Turmush o`rtog`ingiz sizga umuman yoki uzoq vaqt davomida gul sovg`a qilmasligini istasangiz, u tanlovda adashgani haqida baralla aytaverishingiz mumkin. Yaxshisi, guldastani minnatdorlik bilan qabul qiling, qulay imkoniyat tug`ilganidagina sizga ma`qul keladigan gulllar qaysi ekanligini eslatib qo`ysangiz bo`ladi. Masalan, gul rastasi qarshisidan o`tib ketayotib, «Dadasi, qarang! Qip-qizil atirgullarni, odamning ko`zini quvnatadi-ya!»

«Axir va`da bergan edingiz-ku...»

Ishdan uyga qaytishda jufti halolingiz televizor pulti uchun batareykalar xarid qilishi yoki dam olish kunlari oshxonadagi jo`mrakni tuzatishi lozim edi. Lekin sevimli futbol  jamoalarining o`yinini o`tkazib yuborish va bu vaqtda biror ish bilan mashg`ul bo`lish erkakning ko`ngliga sig`ar ekanmi? Va`daboz eringizni qilgan va qilmagan ishidan asabiylashib, «zahringiz»ni sochishga shoshilmang. Maslahatimiz, jahlingizga erk bermang. Hamma «ayb»ni bo`yningizga olib, iltimosingizni yana bir karra eslatishdan foyda ko`proq bo`ladi: «Esim qursin, sizga televizor pulti uchun batareyka olib kelishni aytish yodimdan ko`tarilibdi. Endi nima qilamiz...»

«Menga oshiq bo`lgan sinfdoshimni qo`rib qolsam, deng...»

Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, ayollar turmush o`rtog`ining sobiq ma`shuqalari haqida imkon qadar ko`proq ma`lumotga ega bo`lishga intilishadi. Negaki, bu raqibasidan yaxshiroq bo`lish uchun turtki vazifasini o`tar ekan. Erkaklar esa buning aksi, rafiqasini ortidan izma-iz yurgan yigitlar haqida umuman eshitishni istamaydi. Shu sababdan, o`tmish bilan bog`liq har qaysi erkak tanishingizni ko`rganingizni juftingizga aytavermang. Hamda gapdan-gap chiqqanida ham zinhor-bazinhor bu mavzuda gaplashmang, ortiqcha shubha-gumon uyg`otish sizga foyda keltirmasligi aniq.

«Bu ishni qilasizmi, yo`qmi?»

Hech qachon erkak kishiga uning nima qilishi kerakligi haqida zarda yoki buyruq ohangi bilan gapirmang. Buning oqibatida, erkak nazarida siz qattiqqo`l onaga aylanib qolasiz. U esa sizning qiyofangizda faqatgina mehribon va zaif rafiqani ko`rishi lozim. Shuning uchun turmush o`rtog`ingizni yordamisiz qo`lingizdan hech ish kelmasligi haqida gapiring. Hamda u yoki bu masalani hal etish faqatgina uning qo`lidan kelishini ta`kidlang. Bu ishni imkon qadar muloyimlik bilan amalga oshiring. Erkaklar o`zini yagona qahramondek his qilishni juda yaxshi ko`rishadi. Buni yana bir karra e`tirof etsangiz, istagan narsangizga, shubhasiz, erishasiz.

«Mendan boshqasi bo`lganida, aslo chidamasdi...»

Biz, odatda, bu gapimizdan keyin erimiz «Juda omadliman-da, sabrli va bebaho rafiqam bor!» deb o`ylashini istaymiz. Afsuski, bunday bo`lmaydi-da... Aksincha, turmush o`rtog`ingiz «Nima qilsam ham, hammasiga chidar ekan!» deya xulosa qiladi. Erkak xayoliga bu fikrni kelishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi, negaki, bu faqat sizga zarar etkazadi. Tushkunlikka tushib qolishingiz hech gap emas. Agar oilangizda ko`nglingizga o`tirmaydigan biror narsa yuz berayotgan bo`lsa, bu haqida oshkor qiling. Sabr-toqatli ayol barcha erkak uchun qulay, biroq u bilan yashash biroz zerikarli. O`zini qadrlaydigan va hurmat qiladigan ayol o`z navbatida juftining ham hurmatini qozonadi va sevimli yori bo`ladi!

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1