1

“BBC World News” telekanalida O`zbekiston turizmiga bag`ishlangan targ`ibot kampaniyasi boshlandi

Madaniyat 21.06.2023, 16:11
“BBC World News” telekanalida O`zbekiston turizmiga bag`ishlangan targ`ibot kampaniyasi boshlandi

“BBC World News” telekanali O`zbekiston turizmiga bag`ishlangan targ`ibot kampaniyasini boshladi, u yil oxirigacha: Osiyo-tinch okeani mintaqasi, Evropa va Shimoliy Amerikada davom etadi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi.

Xalqaro telekanalda boshlangan reklama kampaniyasi O`zbekistonning noyob madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiradi. Qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridan tortib, hozirgi Toshkent shahrigacha.

Jahonning etakchi telekanali “BBC World News” tomonidan butun dunyo sayyohlarining katta auditoriyasini o`zida jam qilgan “The Travel Show” haftalik teledasturi orqali O`zbekistonning turizm salohiyatiga bag`ishlangan maxsus ko`rsatuvlar tez orada efirga uzatiladi.

Dunyo bo`ylab 200 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda jami 450 milliondan ortiq auditoriya kuzatib boruvchi “BBC World News” telekompaniyasi bilan Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihaga ko`ra, “The Travel Show” haftalik teledasturi doirasida maxsus O`zbekistonga bag`ishlangan 23 daqiqalik teleko`rsatuv ommaga havola etilishi rejalashtirilgan.

“BBC World News” telekanalida O`zbekiston haqida to`liq metrajli 23 daqiqalik maxsus ko`rsatuv premeradan tashqari 4 oy davomida takroran 4 marotaba efirga chiqishi belgilangan.

Shuningdek, “BBC World News” telekanalida O`zbekiston haqidagi Sayohat ko`rsatuvining maxsus sonini e`lon qiluvchi 4 daqiqalik promo-modullar tayyorlanishi va efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

“BBC Travel” ijtimoiy tarmoqlarida O`zbekiston haqidagi “Travel Show” dasturining maxsus soni efirga uzatilishidan avval doimiy ravishda targ`ib qilinadi. Dastur materiallari bilan onlayn video parchalar “BBC Travel Show” dasturi sahifasida, “BBC News” onlayn va “BBC Reel”da efirga uzatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1